Bayden va Makron tanovul qilgan taomi uchun tanqidga uchradi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden va Fransiya yetakchisi Emmanuel Makronning birgalikdagi kechki ziyofatiga qisqichbaqalar (omar) tortilgani tabiat faollarining tanqidiga uchradi. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, ikki davlat yetakchilarining stoliga Amerikaning Men shtatida mashhur bo‘lgan omar qisqichbaqalari tortilgan. Shtatda qisqichbaqasimonlarni ovlash va zarar yetkazish mumkin emasligi haqida bir qator bahs munozaralar mavjud. Joriy yilning noyabr oyi oxirida “Whole Foods” supermarketlar tarmog‘i qisqichbaqalarning omar turi savdosini to‘xtatgan.

Gazetaning yozishicha, Men shtati senatori Syuzan Kollinz “nega dengiz mahsulotlari sotuvchilar uchun yetarli emasligidan hayratda”ligini bildirgan. Biroq Bayden va Makronning kechki ovqati uchun 200 ta qisqichbaqa olib kelingan.

Prezidentlarning bunday dabdabali ziyofatiga okean va uning boyliklarini muhofaza qilish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan ham norozilik bildirilgan. “Oceana” guruhi rahbari Gib Brogan kechki ovqat menyusida omar qisqichbaqalari borligidan hayratda qolganini aytgan. Uning fikriga ko‘ra, Amerika davlati rahbari taom uchun boshqa variantlarni tanlashi mumkin edi. 

Faollar qisqichbaqasimonlarning tayyorlash retseptini ham tanqid qilishgan. Masalan, Mintaqaviy baliq ovlash markazi rahbari Billi Milliken, omarlar yog‘da qovurilganini ta’kidlagan. Biroq ularni oz miqdorda suvda bug‘lash kerak.

Avvalroq Fransiya Prezidenti Bayden ma’muriyati davrida Amerika Qo‘shma Shtatlariga ilk bor rasmiy tashrif bilan kelgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, ikki davlat yetakchilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Janob Bayden Vladimir Putin Ukrainadagi urushni to‘xtatishga qaror qilsa, u bilan gaplashishga tayyorligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Emmanuel' Makron Jo Bayden

Baholaganlar

336

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing