Bayden Putin bilan gaplashish uchun shartini aytdi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish imkoniyatini muhokama qilishga tayyor. Biroq Janob Baydenning Putin bilan bog‘lanish niyati yo‘q. AQSH yetakchisi bu haqda kecha, 1 dekabr kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tgan.

“Gap shundaki, mening Janob Putin bilan bog‘lanish niyatim yo‘q. Agar u haqiqatan ham urushni tugatish yo‘lini qidirishga qaror qilsa, men u bilan gaplashishga tayyorman. U hali bunday qaror qilmagan. Agar shunday bo‘lsa, Fransiya va NATOdagi birodarlarim bilan maslahatlashaman. Men Putin bilan o‘tirib, u nimani niyat qilganini bilishdan xursand bo‘laman. Ayni paytda Emmanuel Makronning aytgan gaplari juda muhim. Biz Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlashimiz kerak”, deydi AQSH Prezidenti.

Makron ham o‘z navbatida, Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralarni davom ettirish niyatida ekanini ma’lum qilgan.

“Prezident Putin bilan gaplashishni davom ettiraman. Chunki men keskinlashuvning oldini olishga va aniq maqsadlarga erishishga harakat qilyapman. Urush zonasidagi atom elektr stansiyalari, xususan, Zaporoje atom elektr stansiyasi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rmoqdamiz. Muloqotni davom ettirish zarur va biz buni qilamiz”, deb ta’kidlagan Fransiya yetakchisi.

Avvalroq Fransiya Prezidenti Bayden ma’muriyati davrida Amerika Qo‘shma Shtatlariga ilk bor rasmiy tashrif bilan kelgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Jo Bayden

Baholaganlar

274

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing