Bayden va Makron Rossiya-Ukraina borasida o‘zlariga katta baho berdi 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Fransiya rahbari Emmanuel Makron bilan Ukraina atrofidagi vaziyatni diplomatik yo‘l bilan tartibga solish imkoniyatlarini muhokama qildi. Bu haqda Oq uy xabar bergan.  

“Ular rossiyalik va ukrainalik hamkasblari bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan suhbatlarini yuqori baholadi va diplomatik yo‘ldan olg‘a borishni davom ettirishlarini yana bir bor tasdiqladi”, deyiladi Oq uy matbuot xizmati bayonotida. 

Xabarga ko‘ra, Bayden va Makron diplomatik sa’y-harakatlardan tashqari, Rossiya Federatsiyasini jilovlashning kelishilgan yo‘llari va vaziyat keskinlashgan taqdirda Rossiya uchun oqibatlariga tayyor turishni muhokama qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 7 fevral kuni Makron rasmiy tashrif bilan Moskvaga bordi va u yerda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ularning uchrashuvi besh soatdan ortiq davom etdi. Ertasi kuni Fransiya Prezidenti Kiyevga uchib, u yerda Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazdi. 

Makron har ikki tomonni so‘zda ham, amalda ham xotirjam bo‘lishga chaqirgan. U Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvlaridan so‘ng Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha muzokaralar oldinga siljishi mumkinligini hamda Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi keskinlikni pasaytirish uchun aniq amaliy yechimlar mavjudligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden Makron

Baholaganlar

486

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing