Bayden va Makron Eron yadro muammosini birgalikda hal qilmoqchi 

Olam

image
Bayden va Eron Tramp barbod qilgan kelishuv ustida muzokaralarni boshladi north_east

Bayden va Eron Tramp barbod qilgan kelishuv ustida muzokaralarni boshladi

Fransiya va AQSH Prezidentlari Emmanuel Makron hamda Jo Bayden telefon orqali muloqot qilgan. Davlat rahbarlari muloqot chog‘ida Yaqin Sharqdagi muammolarni birgalikda hal qilishga kelishib olgan. Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda. 

"Ular Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun birgalikda ishlash istagini bildirishdi", deyilgan xabarda. 

Xabarda ta’kidlanishicha, gap Eron yadro dasturi va Livandagi vaziyat haqida borgan. 

Umuman olganda, suhbatdoshlar "xalqaro xavfsizlik bilan bog‘liq mavzularda bir-birlari bilan juda hamfikr ekanliklarini" ta’kidlagan.

Avvalroq, Jo Bayden Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo bilan telefon orqali suhbatlashib, ko‘rishishga kelishib olgandi.

Eslatib o‘tamiz, 20 yanvar kuni Vashingtonda AQSH Prezidenti Jo Bayden va vitse-prezident Kamola Harrisning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Bayden rasman AQSHning 46-prezidenti bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden Makron

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made