Bayden Isroil va Ukrainaga harbiy yordam berish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

Olam

image

Bugun 24 aprel kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukraina, Isroil va Tayvanga 95 milliard dollarlik harbiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi. Bu haqda Oq uy rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu qonun loyihasida Ukraina, Isroil va Tayvanga yordam berish, shuningdek, TikTok’ni taqiqlash hamda Rossiyaning musodara qilingan aktivlarini sotish nazarda tutilgan.

Jumladan, Ukrainaga 1 milliard dollarlik yangi yordam paketi havo hujumidan mudofaa raketalari, Stinger ko‘chma havo mudofaa tizimlari, tankga qarshi  Javelin tizimlari, HIMARS uchun qo‘shimcha o‘q-dorilar, 155 mm artilleriya snaryadlari, shuningdek, Bradley piyoda jangovar mashinalari va boshqa harbiy jihozlarni o‘z ichiga oladi.

Oq uydagi brifingda Bayden Ukrainaga jami 61 milliard dollar miqdorida harbiy yordam ajratilishini aytib, alohida nutq so‘zlagan.

"Bugun Amerika uchun yaxshi kun, yevropaliklar uchun yaxshi kun va butun dunyo uchun yaxshi kun.  Qonun nafaqat Amerika, balki butun dunyo xavfsizligi uchun muhim. Jumladan, Rossiyaning tinimsiz bombardimonlariga duch kelayotgan Ukraina uchun, Eron tomonidan misli ko‘rilmagan hujumlarga duchor bo‘layotgan Isroil uchun, Hind-Tinch okeani mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga intilgan hamkorlarimiz uchun muhim. AQSH ittifoqchilarining omon qolishi uchun yordam beryapti va ularga o‘zini himoya qilish imkoniyatini tuhfa etmoqda", degan u.

Ayni paytda AQSH Ukrainadan tashqari Isroilga 26 milliard dollar, Tayvan va Hind-Tinch okeani mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash uchun 8 milliard dollar ajratmoqda.

Qonun loyihasi Senat tomonidan ma’qullanganidan so‘ng, Bayden uni darhol imzolashga va’da bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Isroil Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing