Makron Vestfal tinchlik mukofoti bilan taqdirlandi

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron 2024 yil uchun Xalqaro Vestfal tinchlik mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda kecha, 18 aprel kuni Vestfaliya va Lippe iqtisodiy jamiyati (WWL) ma’lum qildi.

Bildirilishicha, tinchlik mukofoti Fransiya rahbariga “Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanishidagi mojaroni to‘xtatish bo‘yicha tinimsiz sa’y-harakatlari” uchun berildi. Mukofot laureatga Germaniyaga tashrifining uchinchi kuni, 28 mayda Myunsterda topshiriladi. Safar davomida Makronga Vestfal tinchlik mukofoti hakamlar hay’atiga rahbarlik qiluvchi Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer hamrohlik qiladi.

Ma’lumot uchun, Xalqaro Vestfal tinchlik mukofoti 1998 yilda Myunster va Osnabryuk shaharlarida vayronagarchilikka olib kelgan O‘ttiz yillik urushdan keyin tuzilgan Vestfal shartnomasini (1648 yil) xotirlash uchun ta’sis etilgan. Mukofot har ikki yilda topshiriladi. G‘olib 100 ming yevro oladi. Bu eng yirik nemis tinchlik mukofoti bo‘lib, u Yevropa integratsiyasiga alohida hissa qo‘shgan odamlar, tashkilotlar yoki davlatlarga beriladi.

26 yil davomida mukofot Chexiya Respublikasining birinchi prezidenti Vatslav Gavel, Germaniyaning sobiq kansleri Gelmut Kol va Gelmut Shmidt, Fransiyaning sobiq prezidenti Valeri Jiskar d'Esten, BMTning sobiq bosh kotibi Kofi Annan, Xalqaro kosmik stansiya ekipaji a’zolari, Iordaniya qiroli Abdulla II va Boltiqbo‘yining uchta davlati – Estoniya, Latviya va Litvaga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Makron Vestfal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing