Bayden Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini otishiga ruxsat berdi – NYT
Olam
−
18 noyabr
5896AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga Rossiyaning Kursk viloyatidagi operatsiyada qatnashayotgan Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalarini himoya qilish uchun o‘z ixtiyoridagi ATACMS uzoq masofali raketalaridan foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda hukumatdagi manbalarga tayanib, "The New York Times" xabar berdi.
Nashr “AQSH siyosatidagi katta o‘zgarish” deb atagan ATACMS'dan foydalanishga ruxsat berish qarori Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Kursk viloyatiga joylashtirilishiga javoban qabul qilinganini yozdi. Nashr suhbatdoshlarining fikricha, Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya hududida ATACMS zarbalarini amalga oshirishga ruxsati Shimoliy Koreyaga uning Kursk viloyatidagi harbiylari zaif holatda ekanligi, KXDR esa yordam uchun Rossiyaga qo‘shimcha qo‘shin yubormasligi haqida signal berishi kerak.
"ATACMS'dan foydalanish bo‘yicha AQSH siyosatining bunday o‘zgarishi harbiy harakatlar jarayonini tubdan o‘zgartiradi", deyiladi xabarda.
Bayden maslahatchilarining Rossiya hududiga hujumlar uchun ATACMS'dan foydalanish bo‘yicha fikrlari ikkiga bo‘lingan, deya ta’kidlaydi nashr manbalari. Ular, shuningdek, hozircha faqat Kursk viloyatidagi nishonlarga zarba berish uchun raketalardan foydalanish haqida gapirayotgan bo‘lsa-da, kelajakda Bayden Ukrainaga ushbu qurollarni boshqa joylarda ham qo‘llashga ruxsat berishi mumkinligini ta’kidladi.
"Reuters" manbalari Bayden Ukraina Qurolli kuchlariga Rossiya hududiga zarbalar berish uchun ATACMS'dan foydalanishga ruxsat berganini tasdiqladi. Ukraina harbiylari, agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin kunlarda ushbu raketalardan foydalanish niyatida. Agentlikning qayd etishicha, Donald Tramp Baydenning prezidentlik lavozimini egallashi bilan uning bu qarorini bekor qiladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.
"Le figaro" nashrining yozishicha, Fransiya va Buyuk Britaniya ham Ukrainaga Rossiya hududiga hujum qilish uchun uzoq masofali SCALP va Storm Shadow raketalaridan foydalanishga ruxsat bergan. Biroq, bu ma’lumotning rasmiy tasdig‘i hozircha yo‘q.
ATACMS (Army Tactical Missile System) - bu, xususan, HIMARS qurilmalaridan uchiriladigan taktik ballistik raketalar. Ularning turli xil modifikatsiyalari turli diapazonlarga ega, maksimali taxminan 190 milya, ya’ni taxminan 305 km.
LiveBarchasi