Bayden Ukraina evaziga urushni 5 daqiqada tugatishi mumkin, ammo biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz – Zelenskiy
Olam
−
10 iyul 2023
14745Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukraina rahbariyatini o‘z hududlaridan voz kechishga majburlash orqali Ukraina mojarosini besh daqiqada tugatishi mumkinligini, biroq u bunga rozi bo‘lmasligini aytdi. Bu haqda u “ABC News” telekanaliga bergan intervyusida gapirib o‘tgan.
“Agar biz Ukraina hisobiga urushni tugatish, boshqacha qilib aytganda, bizni hududlarimizni berishga majbur qilish haqida gapiradigan bo‘lsak, menimcha, Bayden buni hatto besh daqiqada ham tugatishi mumkin. Ammo biz bunga rozi bo‘lmasdik”, deydi Zelenskiy.
U AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning 2024 yilgi saylovlarda g‘alaba qozonsa, bu mojaroga 24 soat ichida barham berishi mumkinligi haqidagi bayonotlariga ham fikr bildirgan.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Tramp o‘z prezidentligi davrida mojaroga barham berish imkoniyatiga ega bo‘lgan, ammo u bunday qilmagan.
Shuningdek, u Ukrainaga yordamni qisqartirmoqchi bo‘lganlar haqida ham gapirib o‘tgan.
“Ukrainaga yordamni qisqartirish bo‘yicha xavfli signallar asosan ayrim amerikalik siyosatchilardan keladi”, deydi Zelenskiy.