Bayden Tramp va Putin muloqotidagi “sirlarni” ochishi mumkin

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp davlat rahbari lavozimida bo‘lgan paytida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkazgan suhbatlarining barcha tafsilotlarini oshkor qilmagan. Oq uyning yangi rahbari Jo Bayden esa ular haqida bilib olishi mumkin. Bu haqda "Politico" xabar bergan. 

Gazetaning yozishicha, gap Prezidentlarning so‘nggi to‘rt yil ichida o‘tkazgan kamida o‘nta suhbati haqida bormoqda. 

"Ularning o‘zaro nima haqida suhbatlashganini bilish Trampning Putinga qandaydir maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilgan-qilmagani yoki Rossiya rahbariyati bilan AQSHning yangi ma’muriyatiga oid biron bitim tuzgan-tuzmaganini aniqlashga yordam beradi", deb yozilgan manbada. 

Gazetaning ta’kidlashicha, endi Oq uyni Bayden boshqarayotgani hisobga olinsa, "u o‘zi uchun kerakli hamma narsani ko‘ra oladi". 

Tramp ma’muriyatining sobiq a’zosi Bayden va uning jamoasi ushbu ma’lumotlarni hech qanday ruxsatsiz ko‘ra olishini ma’lum qilgan. 

Hozirda Bayden jamoasiga yaqin bo‘lgan AQSH Milliy xavfsizlik kengashining sobiq a’zosiga ko‘ra, "Trampning Putinga nima deganini bilish milliy xavfsizlik ustuvorligi masalasidir". 

Nashrning ta’kidlashicha, Tramp prezidentligi davrida, chet el rahbarlari bilan shaxsiy suhbatlarini "oshkor bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik" borasida juda ehtiyotkor bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, Trampning Putin bilan telefon suhbatlaridan so‘ng, ular ko‘pincha birinchi marta Kreml yoki Tramp tomonidan Twitter'da nashr etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Putin

Baholaganlar

173

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing