Bayden “Tolibon”ga ishonadimi?

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden kam sonli odamlarga ishonishini va ular orasida toliblar yo‘qligini ma’lum qildi.  

“Men hech kimga, shu jumladan sizga ham ishonmayman. Men sizni yaxshi ko‘raman, lekin men ishonadigan odamlar ko‘p emas”, degan Bayden Oq uyda jurnalistga. 

U “Tolibon”ga ishonish haqidagi savolni istehzoli tabassum bilan kutib olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblar boshqa davlatlar ularni tan olish yoki olmasligi yo‘lida qonuniylikni qidirmoqda. 

“Hozircha bularning hammasi gap. Hozirgi bosqichda “Tolibon” AQSH kuchlariga qarshi hech qanday chora ko‘rmaydi, umuman olganda, ular amerikaliklarning aeroportga kirishi haqidagi so‘zlarining ustidan chiqishadi. Ishonchim komilki, ular barcha kuchlarni nazorat qila olmaydi. Demak, ko‘ramiz, ularning aytganlari haqiqatmi yoki yo‘q”, degan Bayden. 

Avvalroq, Jo Bayden Afg‘oniston fuqarolari to‘liq evakuatsiya qilinmaguncha Amerika harbiylari mamlakatda qolishini aytib o‘tgandi.

20 yil deganda Afg‘onistonni tark etayotgan AQSH

2001 yili Nyu-Yorkda terakt (terrorchilik harakati) amalga oshirildi. Shundan so‘ng, AQSH va u a’zo bo‘lgan NATO kuchlari Afg‘onistonga qo‘shin kiritdi. Shu bilan Amerika tarixida eng uzoq davom etgan 20 yillik afg‘on urushi boshlandi. Kichik Jorj Bush, Barak Obama va Donald Tramp kabi AQSH Prezidentlari ushbu urushni yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlarini olib chiqib ketish boshlandi. 

Afg‘onistondagi davlat to‘ntarishi

Afg‘onistonni bir yirik kuch tark etishi ortidan boshqa bir kuch — “Tolibon” mamlakat hududlarini egallay boshladi. Qayd etish kerakki, AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistonni tark etishi oxiriga yetmay turib, “Tolibon” mamlakat poytaxtini egalladi. 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatgan toliblar 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Bayden

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing