Bayden TikTok’ni taqiqlash tarafdori ekanini aytdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden agar TikTok’ni taqiqlovchi hujjat Kongress tomonidan tasdiqlansa, mazkur qonun loyihasini imzolashini aytdi. Bu haqda “NBC News” xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 8 mart kuni AQSH Vakillar palatasining Savdo va energetika bo‘yicha qo‘mitasi bir ovozdan AQSHda TikTok’ni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qullagan. Amerikaliklarni “chet ellik hujumchilar tomonidan boshqariladigan ilovalar”dan himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasiga Viskonsin shtatidagi respublikachi Mayk Gallager va Illinoys shtatidan demokrat Raja Krishnamurti homiylik qilgan.

"Agar u qabul qilinsa, men unga imzo chekaman", deydi Bayden.

Qonun loyihasi TikTok’ga egalik qiluvchi Xitoyning “ByteDance” kompaniyasini olti oyga ilova ustidan nazoratdan voz kechishi yoki ilovaning Qo‘shma Shtatlarda butunlay cheklanishini nazarda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Kongressining Vakillar palatasi TikTok'ni taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqqani haqida xabar bergandik.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Jo Bayden TikTok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing