Bayden Tayvanga 571 mln dollarlik harbiy yordam ajratishni buyurdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Tayvanga 571,3 million dollargacha bo‘lgan harbiy yordam ajratish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Bu haqda kecha, 20 dekabr kuni Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, AQSH yetakchisi Davlat kotibi Entoni Blinkenga Mudofaa vazirligining mudofaa mahsulotlari va xizmatlarini, shu jumladan harbiy tayyorgarlik va ta’lim xizmatlarini ajratish vakolatini bergan. Shuningdek, harbiy yordam Tayvanga ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash doirasida amalga oshiriladi va umumiy miqdor 571,3 million dollargacha yetishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, Tayvan 1949 yilda Chan Kayshi (1887-1975) boshchiligidagi gomindan qo‘shinlarining qoldiqlari Xitoy fuqarolar urushida mag‘lubiyatga uchraganidan keyin orolga qochib ketganidan beri o‘z ma’muriyati tomonidan boshqariladi. O‘shandan beri Taybeyda kommunistlar hokimiyatga kelishidan oldin materikda mavjud bo‘lgan sobiq Xitoy Respublikasi bayrog‘i va boshqa atributlari saqlanib qolgan. Pekinning aksariyat davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan rasmiy pozitsiyasiga ko‘ra, bu XXR viloyatlaridan biri. Qo‘shma Shtatlar "yagona Xitoy" siyosatini og‘zaki tan olgan holda, Taybey ma’muriyati bilan aloqalarni davom ettirmoqda va orolni qurol-yarog‘ bilan ta’minlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Tayvanga F-16 qiruvchi samolyotlari uchun ehtiyot qismlari va radarlarni 385 million dollarga sotishni ma’qullagani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden harbiy yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing