Bayden Trampni saylovlarni buzishda aybladi

Olam

image

Amerika Qo‘shama Shtatlari Prezidenti Jo Bayden Respublikachilardan chiqqan sobiq Prezident Donald Tarampni Oraliq saylovlar jarayonini buzishda aybladi. Bu haqda “Reuters” agentligi yozmoqda.

Gap shundaki, joriy yilning 8 noyabrida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda Respublikachi nomzodlarning ayrimlari yutqazadigan bo‘lsa, ular saylovlar natijasini tan olmaslikni aytib, hozirdanoq tahdid qilmoqda. Baydenning fikricha, respublikachilarni saylovlarda yutqazishni tan olishda bosh tortishga Donald Tramp ilhomlantirmoqda.

Jo Bayden amerikaliklarni xato qilmaslikka va demokratiya uchun ovoz berishga chaqirgan. Shunga qaramay, energetik va iqtisodiy, shuningdek, infilatsiya bilan bog‘liq muammolarning fonida Respublikachilar partiyasi Oraliq saylovlarda  AQSH Kongerssining hech bo‘lmasa bitta palatasida nazoratni qo‘lga olishi kutilmoqda.

Bayden Respublikachilarning ayrimlarining buzg‘unchi ekanligini isbotlash uchun Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining turmush o‘rtog‘i Pol Pelosiga hujum qilgan bosqinchi va 2021 yilning 6 yanvarida Tramp tarafdorlari tomonidan Kapitoliyga qilingan hujumdan foydalandi. 

“Bosqinchi spikerning uyiga kirib, “Nensi qayerda? Nensi qayerda?” deb so‘radi. Bu olomon 2021 yilning 6 yanvar kuni AQSH Konstitutsiyaviy tuzumiga bostirib kirganida ham xuddi shu so‘zlarni ishlatgan edi. Bugun men shu yerda turibmanki, Amerikada har bir darajadagi lavozimlarga, gubernatorlikka, Kongressga, Bosh prokurorlikga, davlat kotibligiga da’vogarlar bor. Aytingchi, kim o‘zi ishtirok etgan saylov natijalarini qabul qilishdan bosh tortadi” , degan AQSH yetakchisi.

Baydenning iddao qilishicha,  Amerika demokratiyasi hujum ostida. Sababi 2020 yilgi saylovlarda yutqazgan Tramp hamon natijalarni tan olmaydi. Qolaversa, Donald 2024 yilda Prezident saylovlarida o‘z nomzodini ilgari surishni ma’lum qilib, o‘zining siyosiy tashviqotlarini olib bormoqda. Baydenning o‘zi esa ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yish borasida yakuniy qarorga kelmagan.

AQSH Prezidentining xulosasiga ko‘ra, amerikaliklar birgalikda harakat qiladigan bo‘lsa, ularning imkoniyati yetmaydigan hech narsa mavjud emas.

“Mening qadrli amerikaliklarim. Biz bu daqiqani uchratamiz. Biz kimligimizni eslashimiz kerak. Biz Amerika Qo‘shma Shtatlarimiz. Agar birgalikda harakat qilsak, bizning imkoniyatlarimizdan tashqarida hech narsa yo‘q”, degan Jo Bayden.

Shuningdek, AQSHnining yana bir sobiq Prezidenti Barak Obama ham mamlakatdagi demokratik tuzumning kelajagi borasida xavotir bildirgan.

Avvalroq, Respublikachilar partiyasi Kongressning hech bo‘lmaganda bitta palatasida nazorat o‘rnatadigan bo‘lsa, Ukrainaga yordam oqimi kamayishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden Donal'd Taramp

Baholaganlar

65

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing