AQSHdan Ukrainaga yordam kamayishi mumkin

Olam

image

AQSHning Respublikachilar partiyasi a’zolari ichida Ukrainaga yordam ko‘rsatish borasida kelishmovchiliklar kuchaymoqda. Bu haqda “Washington Post” jurnali yozmoqda.

Vakillar palatasidagi Ozchilik yetakchisi Kevin Makkarti oraliq saylovlarda g‘alaba qozonganidan keyin Ukrainaga yordamni qisqartirishi yoki cheklashi haqida gapirgandi. Shundan so‘ng, Ukrainaga yordam cheklanishi mumkinligi to‘g‘risidagi signallar kuchaydi.

Respublikachilar partiyasida kamda-kam bo‘linish yuzaga keladi. Agar Respublikachilar Kongress ustidan nazoratni qo‘lga kiritsa, ular Baydening Ukrainaga yordam ko‘rsatish talabiga va Vladimir Zelinskiyning hissiy murojaatlariga duch keladi. O‘shanda, Ukarinaga ko‘mak ko‘rsatish masalasi yanada ochiqroq janga aylanadi.

Respublikachilarning ayrimlari Rossiyaning muzlatilagan aktivlari hisobidan Ukarinaga yordam berishga qarshi chiqqan. Ular moliyaviy javobgarlik nuqtayi nazaridan mablag‘larni AQSHning ichi muammolariga sarflanishi to‘g‘ri bo‘ladi, deb hisoblamoqda. Amerikaning sobiq Prezidenti Donald Tramp (respublikachi) esa Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga nisbatan ishlatadigan odatiy maqtovlarini takrorlab, Ukrainaga nisbatan yordamni butunlay cheklashga chaqirgan. 

Shuningdek, gazetaning yozishicha, respublikachilar orasida Kiyevga yordam ko‘rsatishda davom etishga va’da bergan ko‘plab “eski maktab lochinlari” bor. Ular ayrim hollarda Oq uyni Ukarinaga bundan ham ko‘proq yordam qilishga undagan.

AQSHda oziq-ovqat va yoqilg‘i narxining ko‘tarilishi, partiyadagi bo‘linishlar, shuningdek, global oziq-ovqat inqirozi Ukarinaga yordam berish uchun ishki va dunyoviy kaolitsiya tuzish ustida ishlagan Bayden uchun ilk katta qiyinchilikdir.

Hozirda Kongressni Baydenning Demokratlar partiyasi to‘liq nazorat qilmoqda. Ammo 8 noyabr kuni oraliq saylovlar bo‘lib o‘tadi. So‘rovnomalar shuni ko‘rsatmoqdaki, Respublikachilar saylovlar yakunida Kongressning kamida bitta palatasini qo‘lga olishi mumkin. Amalda ham shunday bo‘lsa, Ukrainaga yordam oqimi kamayishi ehtimoli yuqori.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden Kevin Makkarti

Baholaganlar

375

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing