Bayden Si Szinpinni “diktator” deb atadi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden shu yilning fevral oyida AQSH osmonida havo shari bilan sodir bo‘lgan voqeaga ishora qilib, Xitoy rahbari Si Szinpinni “diktator” deb atadi. Bu haqda u kecha, 20 iyun kuni Kaliforniyada bo‘lib o‘tgan tadbirda so‘z ochdi.

Oq uy rahbarining aytishicha, Si Szinpin AQSH havo hududida havo shari urib tushirilganda xijolat tortgan, chunki u havo shari borligini ham bilmagan.

“Men jiddiy aytyapman. Diktatorlar nima bo‘layotganini tushunmasa, bu katta sharmandalik”, degan Bayden.

Shu bilan birga, Amerika Prezidentining fikricha, hozir Si Szinpinning o‘zaro munosabatlarni qayta tiklamoqchi bo‘lgan vaziyatga tushib qolgani juda muhim.

“AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Pekinga tashrifi chog‘ida juda ko‘p yaxshi natijalarga  erishdi, ammo ikki davlat munosabatlari yaxshilanishi uchun vaqt kerak”, deya qo‘shimcha qilgan Bayden.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyi oxirida AQSH osmonida Xitoyga tegishli “josus havo shari” aniqlangach, Blinken Xitoyga tashrifini noma’lum muddatga ortga surgandi. 4 fevral kuni esa Xitoy shari AQSH havo hududida raketa bilan urib tushirildi. 19 iyun kuni esa AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Pekinga safarining ikkinchi kunida Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Si Tszin'pin Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing