Bayden Si Szinpindan rad javob olganiga munosabat bildirdi
Olam
−
15 Sentabr 2021
11272Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden yaqinda Xitoy raisi Si Szinpin bilan bo‘lgan telefon suhbatida unga sammit o‘tkazishni taklif qilgani, ammo rad javobi olgani haqida xabar bergandik.
Bayden Si Szinpin u bilan yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazishdan bosh tortgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
“To‘g‘ri emas”, degan u bu bo‘yicha berilgan savolga qisqagina qilib.
AQSH Prezidenti haqiqatan ham Si Szinpinga uchrashish taklifini bildirgan yoki bildirmaganiga aniqlik kiritmagan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Jo Bayden va Xitoy raisi Si Szinpin joriy yilning 9 sentyabr kuni telefon orqali suhbatlashgandi.
LiveBarchasi