Bayden saylov kampaniyasida san’atkorlardan foydalanyapti

Olam

image

Amerikalik qo‘shiqchi Ledi Gaga AQSH prezidentligiga nomzod, demokrat Jo Baydenni qo‘llab-quvvatlash uchun nutq so‘zlaydi. Bu haqda SNN xabar bergan.

Ma’lumotga ko‘ra, saylovoldi tashviqot tadbirida Ledi Gaganing nutq so‘zlashi belgilangan. 

Tadbir bugun, 2 noyabr kuni Pensilvaniya shtatining Pittsburg shahrida bo‘lib o‘tadi.

Unda Bayden va AQSH vitse-prezidenti lavozimiga nomzod Kamola Xarris Kasaba uyushmalari va Kasaba uyushmalari rahbarlari bilan uchrashuv doirasida saylovoldi tashviqotini olib borishadi. 

Bundan tashqari, qo‘shiqchi Jon Legendning ham bugungi tadbirda qatnashishi kutilmoqda. 

Ma’lumot uchun, AQSHda prezidentlik saylovlari ertaga, 3 noyabr kuni o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden Ledi Gaga

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing