Baydenning taxminan qancha umri qolgani aytildi
Olam
−
25 may 19386 1 daqiqa
AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden prostata saratoni tashxisi qo‘yilganidan keyin birinchi marta omma oldiga chiqdi. Bu haqda “The Washington Times” xabar berdi.
Siyosatchi nevarasi Robert Hanter Baydenning bitiruv marosimida qatnashdi. Suratni sobiq davlat rahbarining rafiqasi Jill Bayden Instagram sahifasiga joyladi.
“Mag‘rur buvisi va bobosi! Tabriklaymiz Hanter, biz sen bilan juda faxrlanamiz”, deb yozgan Jill Bayden postida.
May oyining o‘rtalarida Baydenga prostata saratoni tashxisi qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. “The Washington Free Beacon”ning xabar berishicha, kasallik allaqachon to‘rtinchi bosqichga o‘tgan. Kasallik Baydenning suyaklariga o‘tib ketgan va bu kasallikning eng xavfli bosqichi, uni davolab bo‘lmaydi. Shu bilan birga, onkologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislar zamonaviy tibbiyot bunday tashxis qo‘yilgan bemorlarga yaqinda bo‘lgani kabi oylar emas, balki yillar davomida yashashga imkon berishini ta’kidladi. Oq uyning sobiq shifokori va hozirgi respublikachi kongressmen Ronni Jekson urologlarga tayanib, Baydenning bir yildan 18 oygacha umri borligini istisno qilmadi.