Bayden prezidentlik davrida saraton uchun test topshirmagani aniqlandi
Olam
−
21 may 2025 4283 1 daqiqa
AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden 2021 yildan 2025 yilgacha prezidentlik davrida prostata saratoni tekshiruvidan o‘tmadi. Bu haqda kecha, 20 may kuni Wall Street Journal (WSJ) Amerikaning sobiq rahbari vakiliga tayanib xabar berdi.
Qayd etilganidek, Bayden oxirgi marta 2014 yilda AQSH vitse-prezidenti lavozimida ishlagan (2009-2017 yillar) bu kasallik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tgan edi. Nashr sobiq prezident shifokorlari avval Bayden bilan maslahatlashmay turib, uni mustaqil tekshirishdan bosh tortishga qaror qilganini istisno etmaydi.
Gazetaning ta’kidlashicha, prostata saratoni sobiq prezident yoshidagi (Bayden 82 yoshda) erkaklar orasida keng tarqalgan bo‘lsa-da, prostata o‘ziga xos antigeni uchun qon testi 80 yoshdan oshgan bemorlar uchun standart tibbiy protsedura emas.
Baydenning idorasi avvalroq unga prostata saratonining suyaklarga metastaz bergan agressiv shakli tashxisi qo‘yilganini aytgan edi. 2023 yilning mart oyida u xavfli teri lezyonini olib tashlash uchun operatsiya qilindi. AQSH Prezidenti Donald Tramp Baydenning tashxisi endigina ma’lum bo‘lganiga shubha bildirib, yashirin bo‘lishi mumkinligiga ishora qildi.
Live
Barchasi