Rossiya Baydenning o‘g‘li sirlarini fosh etganini iddao qilmoqda

Olam

image

AQSH Prezidenti Jozey Baydenning o‘g‘li Xanter Baydenning Rosemont Seneca Thornton investitsiya fondi va Soros jamg‘armasi Ukrainadagi biolaboratoriyalarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i Igor Kirillov ma’lum qildi. 

“Kiruv kelayotgan materiallar AQSH davlat idoralari va Ukraina biologik ob’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar sxemasini kuzatish imkonini beradi. Ushbu faoliyatni moliyalashtirishda AQSHning amaldagi rahbariyatiga yaqin tuzilmalar, xususan, Xanter Bayden boshchiligidagi Rosemont Seneca Thornton investitsiya fondi ishtirok etishiga e’tibor qaratilmoqda”, Igor Kirillov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dasturning ko‘lami hayratlanarli.

“Uni amalga oshirishda [AQSH] harbiy departamentidan tashqari, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi, Jorj Soros jamg‘armasi va Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari bevosita ishtirok etadilar. Ilmiy kuratorlik yetakchi tadqiqot tashkilotlari, jumladan, Manxetten loyihasi doirasida yadro qurolini ishlab chiqaruvchi Los-Alamos milliy laboratoriyasi tomonidan amalga oshiriladi. Bu faoliyatning barchasi Pentagonning to‘liq nazorati ostida amalga oshiriladi”, deya ta’kidladi qo‘shinlar rahbari.

Eslatib o‘tamiz, G‘arb mamlakatlari Ukrainada boshlangan urushga javoban Rossiyani har tomondan siquvga olib, og‘ir sanksiyalarni qo‘llay boshladi. Rubl kursi quladi, Rossiya banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. Markaziy bankning xorijdagi oltin-valyuta zaxiralari bloklandi. Millarderlarning ham chet eldagi ko‘plab hisoblari muzlatildi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. 

Bunday sanksiyalarga Rossiya ham jim qarab turmayapti. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi 15 mart kuni AQSHga qarshi javob sanksiyalarni e’lon qildi. Moskva “qora ro‘yxat”ga AQSH Prezidenti Jo Bayden, Davlat kotibi Entoni Blinken, Mudofaa vaziri Lloyd Ostin, AQSH Prezidentining o‘g‘li Xanter Bayden va boshqalarni kiritgan.

Bugun, 24 mart kuni AQSH Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yana kengaytirdi


Maqola muallifi

Teglar

Jozef Bayden Xanter Bayden

Baholaganlar

639

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing