Trampning xotini Baydenning o‘g‘lidan 1 mlrd dollar undirmoqchi
Olam
−
14 avgust 8601 2 daqiqa
AQSHning birinchi xonimi Melaniya Tramp sobiq prezident Jo Baydenning o‘g‘li Xanter Baydenga qarshi bir milliard dollardan ortiq miqdorda sud da’vosi kiritish bilan tahdid qildi. Bu haqda birinchi xonimning advokatlariga tayanib, “The Economic Times” xabar berdi.
Joriy yilning avgust oyi boshida Xanter Bayden jurnalist Endryu Kallaxanga intervyu berib, unda moliyachi Jeffri Epshteyn ishiga oid hanuz e’lon qilinmagan hujjatlar AQSH Prezidenti Donald Trampni “fosh etishini” aytgan. Baydenning ta’kidlashicha, “Epshteyn Melaniyani Tramp bilan tanishtirgan va aloqalar keng va chuqurlashib ketgan”.
Birinchi xonim manfaatlarini himoya qilayotgan advokatning aytishicha, Melaniya Baydenni Trampga nisbatan aytilgan “yolg‘on, obro‘sizlantiruvchi va hurmatsiz” bayonotlardan voz kechishga chaqirgan. Unga ko‘ra, agar bu talab bajarilmasa, Melaniya Tramp “o‘ziga yetkazilgan katta moliyaviy va obro‘ zararini qoplash uchun” barcha qonuniy choralarni ko‘radi. Advokatning aytishicha, Baydenning bu da’volarini ko‘plab OAV hamda millionlab obunachilarga ega ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tarqatgan.
Melaniya Tramp Donald Trampga 2005 yilda turmushga chiqqan. Ular 1998 yilninng noyabrida modalar agentligi egasi uyushtirgan kechada tanishgan. Donald Tramp Epshteyn bilan tanish bo‘lganini tan olgan, biroq 2000 yillar boshida moliyachi uning golf-klubi xodimlarini o‘ziga og‘dirgani uchun u bilan aloqani uzganini aytgan.
Jeffri Epshteyn odam savdosi va ularni jinsiy ekspluatatsiya qilishda ayblangan. Tergov versiyasiga ko‘ra, u voyaga yetmagan qizlardan jinsiy xizmatda foydalangan va ularni nufuzli shaxslarga “taqdim etgan”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Federal qidiruv byurosi moliyachi Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha hujjatlarni tahrir qilgani, ulardan Oq uy rahbari Donald Tramp va boshqa taniqli shaxslarning ismlari olib tashlangani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi