Bayden alsgeymer kasalligiga chalingan bo‘lishi mumkin

Olam

image

AQSH Prezidenti Jozef Bayden haqiqatan ham yoshga bog‘liq demans belgilarini ko‘rsatmoqda. Bu haqda Jon Xopkins universiteti professori va jarroh Marti Makari "Fox New" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Kognitiv (idrok) pasayishi bizning ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘lmoqda. Aytaylik, besh yil oldingi bilan solishtirganda bugungi ish uslubimizda juda sezilarli farq bor. Bu juda achinarli”, degan u.

Shifokorning eslatishicha, har bir kishi vaqti-vaqti bilan unutishi yoki xato qilishi mumkin, ammo Baydenda kuchayib borayotgan xotira yo‘qolishi va nutqning kechikishi jiddiy holat.

Makarining fikricha, amerikaliklarning Baydenning prezidentlik poygasida ishtirok etishidan xavotirlanishiga asoslari yetarli. Uning fikricha, Prezidentning ahvoli endi o‘nglanishi dargumon.

Shifokor aniq tashxis qo‘ymagan, lekin Baydenning yosh bilan bog‘liq muammolari borligini tan oldi. Unga ko‘ra, Baydenda nutq noravonligi, qayerdaligini unutish va ismlarni eslay olmaslik kabi kasallik belgilari mavjud. 

Kecha, 10 fevral kuni AQSHning 81 yoshli Prezidenti Jo Baydenning hayoti va faoliyatiga oid asosiy faktlarni eslay olmasligi haqida Amerika Qo‘shma Shtatlari Adliya vazirligining maxsus maslahatchisi, prokuror, Robert Hurning hisobotidan so‘ng, sobiq prezidentlar Barak Obama va Donald Trampning shifokori Ronni Jekson odamlarga murojaat qilib, agar Bayden qayta saylanmoqchi bo‘lsa, saylovlar oldidan aqliy salohiyatini sinovdan o‘tkazishi kerakligini talab qilgan.

Hisobot e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay, Oq uy Hurga Prezident xotirasi haqidagi ma’lumotlar asossiz va xato ekanini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Britaniya qiroli Charlz III da saraton aniqlanggan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Jozef Bayden demants kasal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing