Qariya Baydenning xotirasi haqida so‘z ochgan prokuror tanqid ostida qoldi
Olam
−
10 fevral
5923Oq uy Adliya vazirligining maxsus prokurori Robert Hurning hisobotidagi AQSH Prezidenti Jo Baydenning xotirasi haqidagi tushuntirishlari ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 9 fevral kuni Oq uy Adliya vazirligining maxsus prokurori o‘z hisobotida Baydenning xotirasi zaiflashib borayotganini ma’lum qilgan. Bunga bitta misol sifatida Prezident o‘g‘lining vafot etgan sanasini eslay olmagani keltirilgan. Izoh tariqasida Baydenning xotirasi "sezilarli darajada zaif", deb yozilgan.
Hisobot e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay, Oq uy Hurga Prezident xotirasi haqidagi ma’lumotlar asossiz va xato ekanini bildirgan. Maxsus prokurorning Baydenga qo‘ygan tashxisi bir nechta mansabdorlar tomonidan tanqid qilingan.
Baydenning o‘zi ham jurnalistlarga tergov paytida o‘g‘lining vafoti sanasi haqida berilgan savoldan keskin norozi bo‘lganini aytib o‘tgan.
"Qanday qilib o‘g‘lidan judo bo‘lgan otaga bunday savol berish mumkin? Uning vafot etgan sanasida har doim xotira tadbiri o‘tkazamiz. Bu haqda menga eslatish shartmas", degan Bayden.
Ma’lumot uchun, Amerikalik tadbirkor Ilon Mask ham qariya Baydenni yadro qurolidan foydalanishdan oldin uni sinovdan o‘tkazish g‘oyasini masxara qilgandi. Shuningdek, tadbirkor AQSH prezidentining Misr va Meksikani chalkashtirib yuborgan nutqini eslagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp amaldagi yetakchisi Jo Bayden prezidentlik muddati tugashidan oldin Uchinchi jahon urushini boshlashi mumkinligini aytgandi.
Rayhona Ulkanbayeva
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15