Bayden Uchinchi jahon urushini boshlab, ketishi mumkin – Tramp
Olam
−
10 fevral
6609Amerikaning amaldagi yetakchisi Jo Bayden prezidentlik muddati tugashidan oldin Uchinchi jahon urushini boshlashi mumkin. Bu fikrni AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp aytdi.
“10 oy uzoq vaqt, 10 oy ichida siz bizning mamlakatimizga zarar yetkazishingiz mumkin, jumladan uchinchi jahon urushini keltirib chiqarishingiz mumkin. Voqealar qanday rivojlanayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, biz Uchinchi jahon urushida yakun topamiz. Hozirgi AQSH Prezidenti ikkita jumlani ham qo‘shib talaffuz qila olmaydi va u Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya bilan muzokaralar uchun javobgardir. Biz juda xavfli vaziyatdamiz. Ishonchim komilki, biz hech qachon bunday holatga tushmagandik”, deydi Tramp.
Shuningdek, Tramp o‘z tarafdorlarini Amerika uchun kurashishga chaqirgan.
“Yakuniy jangimiz 2024 yilda bo‘lib o‘tadi. Biz globalistlar, kommunistlar, marksistlar va fashistlarni hukumatdan chiqarib tashlaymiz. Mamlakatimizni yomon ko‘radigan kasal siyosiy sinfdan qutulamiz”, deydi u.
AQSHda prezidentlik saylovlari noyabr oyida bo‘lib o‘tadi. 2023 yil 25 aprelda Bayden eng yuqori hukumat lavozimiga qayta saylanish uchun kurashayotganini e’lon qildi. Tramp esa 2022 yil noyabrida saylovoldi kurashiga kirishishini ma’lum qildi. U Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodlik uchun kurashda favorit sanaladi.
LiveBarchasi