Jizzax shahriga yangi prokuror tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 10 iyun kuni Akbar Sakiyev Jizzax shahri prokuror etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida viloyat prokuraturasi tizimidagi muhim tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Jizzax viloyat prokurori Baxtiyor Ibrohimov boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda shu vaqtga qadar Jizzax shahar prokurori vazifasida faoliyat yuritgan Muzaffar Mamatovich Mamatov xizmat faoliyatidagi yuqori natijalari va kasbiy salohiyati inobatga olinib, Jizzax viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Jizzax shahar prokurori vazifasiga shu kunga qadar Mirzacho‘l tuman prokurori lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan Akbar Hosilbekovich Sakiev tayinlangan.

Yigilish yakunida yangi lavozimlarga tayinlangan rahbarlarga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mas’uliyatli vazifalarini sidqidildan bajarish hamda yurt ravnaqi va qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi ishlariga yuksak ishonch bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Otabek Akbarovich Xolboyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga Qahramon Isroilov tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

prokuror Jizzax Akbar Sakiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing