Rasman: Qirol Charlz III da saraton aniqlandi

Olam

image

Britaniya qiroli Charlz III da saraton aniqlandi. U o‘tgan haftada prostata bezi jarrohligi vaqtida tashxis qo‘yilgan saraton kasalligidan davolanishni boshlagan va davlat vazifalarini keyinga qoldiradi, lekin hukumat ishlari bilan shug‘ullanishda davom etadi. Bu haqda Bukingem saroyi ma’lum qildi.  

“Qirol yaqinda prostata bezining kattalashgani sababli tibbiy muolaja uchun shifoxonaga yotqizilganida tashvishlanishning yana bir sababi aniqlandi. Keyingi diagnostika muolajalari saratonning bir shakli mavjudligini tasdiqladi. Bugun Oliy hazratlari rejali davolanishni boshladilar,  uning davomida shifokorlar unga davlat vazifalarini kechiktirishni tavsiya qildi. Bu vaqt ichida Oliy hazratlari davlat ishlari bilan shug‘ullanishda davom etadi va odatdagidek qog‘ozlar bilan ishlaydi”, deyiladi 75 yoshli monarx idorasi bayonotida. 

Tashxis qo‘yilgan saraton turi nomlanmagan. Biroq, Britaniya matbuoti xabarlariga ko‘ra, bu prostata saratoni emas va qirol ambulatoriya sharoitida davolanadi. Buning uchun u kecha, 5 fevral kuni Angliya sharqidagi Norfolkdagi Sandringem qirollik mulkidan Londonga qaytib keldi. 

“Qirol o‘z shifokorlar jamoasi vaziyatga tezkor munosabatda bo‘lgani uchun minnatdor. Bu [monarxning] yaqinda shifoxonaga yotqizilishi tufayli mumkin bo‘ldi. U ko‘rilayotgan davo choralariga mutlaqo ijobiy munosabatda va tezda o‘z vazifalariga qaytishga umid qilmoqda. Oliy hazratlari mumkin bo‘lgan mish-mishlarning oldini olish uchun o‘z tashxisini oshkor qilishga qaror qildi va bu dunyoning turli mintaqalarida saraton kasalligiga chalinganlarni yaxshiroq tushunishga yordam berishiga ishonmoqda”, deyiladi Bukingem saroyi bayonotida.

Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak allaqachon qirolga to‘liq va tez tuzalib ketishini tiladi.  

“Men uning tez orada yana kuchga to‘lishiga shubha qilmayman va butun mamlakat uning sog‘ayib ketishini tilashini bilaman”, deb yozdi hukumat rahbari X (sobiq Twitter) sahifasida. 

Muxolifatdagi Leyboristlar partiyasi rahbari Kir Starmer va Shotlandiya va Uelsning birinchi vazirlari Hamza Yusaf va Mark Dreykford monarxga o‘zlarining eng ezgu tilaklarini izhor qilishdi. 

Monarxning operatsiyasi

29 yanvar kuni Charlz III prostata bezi operatsiyasidan so‘ng shifoxonadan chiqdi. Keyin u salomatligi tiklanishi uchun o‘zining rejalashtirilgan ommaviy tadbirlari rejasini o‘zgartirdi. 

Yanvar o‘rtalarida Charlz III jarrohlik amaliyotiga muhtojligi ma’lum bo‘ldi.  

Karl III taxtga 2022 yil sentyabrda onasi Yelizaveta II (1926-2022) vafotidan so‘ng o‘tirdi. Monarxning toj kiyish marosimi o‘tgan yilning 6 may kuni Londondagi Vestminster abbatligida bo‘lib o‘tgan. 


Maqola muallifi

Teglar

saraton Charl'z III

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing