Bayden Putinning qamoqqa olinishini istamayapti
Olam
−
18 mart 2023
13622AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 17 mart kuni Xalqaro jinoiy sudning Gaagadagi dastlabki tergov palatasining Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berganini asosli deb bilishini, ammo Qo‘shma Shtatlar ushbu sudning qarorini tan olmasligini aytdi. Bayden Delaver shtatiga uchishdan oldin Oq uyning janubiy maysazorida jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
Xalqaro Sudning Putinga nisbatan qarori haqidagi savolga Bayden shunday javob qildi:
“Menimcha, bunga loyiq. Ammo masala shundaki, bu [XMK] biz tomonidan xalqaro miqyosda tan olinmaydi. Lekin menimcha, u [XMK] juda qattiq pozitsiyani egallagan”, deb hisoblaydi Vashington ma’muriyati rahbari.
Bayden, Rossiya yetakchisi va Xitoy rahbari Si Szinpinning kelasi hafta Moskvada bo‘lib o‘tadigan uchrashuviga izoh berar ekan, “Bu uchrashuv qachon bo‘lishini ko‘ramiz”, deydi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 mart kuni Xalqaro jinoiy sud Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Prezidentning bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan edi. Hujjatda aytilishicha, ular aholini, jumladan, bolalarni noqonuniy deportatsiya qilishdan iborat harbiy jinoyatlar va ularni Rossiyaga noqonuniy o‘tkazishga aloqador bo‘lishi mumkin. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Xalqaro jinoiy sudning ushbu qarori Rossiya uchun hech qanday ma’noga ega emasligi, hibsga olish mumkin bo‘lgan orderlar qonuniy kuchga ega bo‘lmasligini aytib chiqdi. Shuningdek, Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin hibsga olishga order berish haqidagi qarorni G‘arbning “isterika”si deb atadi.
Ma’lumot uchun, Xalqaro jinoiy sud 1998 yilgi Rim statutiga binoan tashkil etilgan. U BMT tarkibiga kirmaydi va nizomni ratifikatsiya qilgan davlatlar oldida javobgardir. Nizomning ishtirokchisi bo‘lmagan davlatlar orasida Rossiya (imzolangan, ammo ratifikatsiya qilmagan), AQSH (imzolangan, ammo keyinroq imzoni qaytarib olgan) va Xitoy (nizomni imzolamagan) bor. 2016 yilda Putin Rossiya XJTga a’zo bo‘lmasligi haqidagi farmonni imzolagan edi. Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, bu sud unga bildirilgan umidlarni oqlamadi va xalqaro adolatning haqiqiy mustaqil organiga aylanmadi.
LiveBarchasi