Bayden Putinning “adres”iga og‘ir gaplar yo‘lladi

Olam

image

Rossiya Qurolli Kuchlarining Ukrainadagi harakatlar insoniylikka to‘g‘ri kelmaydi. AQSH Prezidenti Jo Bayden shunday fikr bildirdi.

“Putinning shafqatsizligi, uning va qo‘shinlarining Ukrainada qilayotgan ishlari shunchaki g‘ayriinsoniydir”, degan Bayden Irlandiya Bosh vaziri Mishol Martin bilan virtual uchrashuvda.

Shuningdek, Oq uy rahbari Irlandiya yetakchisi bilan uchrashuvda Putinni bandit deb atashdan ham tiyilmagan.”

“Hozir sizda Buyuk Britaniya va boshqa jamoatchilik bilan birgalikda qotil diktatorga, Ukraina xalqiga qarshi axloqsiz urush olib borayotgan sof banditga qarshi turayotgan Irlandiya bor”, degan Bayden.

Qayd etish kerakki, bir kun avval Oq uy rahbari Rossiya Prezidentini “harbiy jinoyatchi” deb atagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

1737

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing