Bayden Putin bilan qachon uchrashishi aytildi
Olam
−
30 mart 2022
15766AQSH Prezidenti Jo Bayden va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv o‘tkazish faqat Ukrainadagi keskinlik sezilarli darajada pasaygan taqdirdagina va Moskva diplomatik hamkorlikka intilish kayfiyatini namoyish qilgan taqdirdagina mumkin. Bu haqda Oq uyning aloqalar bo‘yicha direktori Keyt Bedingfild ma’lum qildi.
“O‘ylashimcha, u [Bayden] uchrashuv janob Putin nima haqida gaplashmoqchi bo‘lishiga bog‘liqligini aniq aytdi”, degan u Amerika yetakchisi Rossiya Prezidenti bilan uchrashishga tayyormi, degan savolga.
Shuningdek, Bedingfild Bayden va Putin o‘rtasidagi suhbat uchun shart qo‘ymasligini ta’kidlagan.
“Prezident Bayden bunday muloqotdan oldin Rossiya tomonidan sezilarli darajada deeskalatsiya va diplomatik aloqalarga aniq, samimiy sodiqlik zarurligini aytdi”, deya qo‘shimcha qilgan Bedingfild.
Ma’lumot o‘rnida, Bayden Putin bilan yangi yuzma-yuz uchrashish imkoniyatini istisno qilmasligini aytgan. Amerika rahbari potensial muzokaralarni tashkil etish istiqboli ularning kun tartibiga bog‘liqligini ta’kidlagan.