Bayden Putin haqidagi savolni “ahmoqona” deb atadi
Olam
−
21 yanvar 2022
10956AQSH Prezidenti Jo Bayden jurnalistning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish haqida bergan savolini ahmoqlik deb atadi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmatiga tayanib xabar berilgan.
Ta’kidlanishicha, kecha, 20 yanvar kuni ommaviy tadbirlardan birining yakunida “Fox News”
jurnalisti zaldan chiqib ketayotgan Prezidentga baland ovozda savol bergan.
“Nega Putin birinchi qadamni qo‘yishini kutyapsiz, ser?” degan jurnalist.
Qayd etilishicha, bu savol aynan qaysi axborot syujetiga aloqadorligi aniq bo‘lmagan.
“Qanday ahmoqona savol”, deb javob bergan davlat rahbari ushbu savolga javoban.
Avvalroq, Bayden Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga “ilgari hech qachon ko‘rmagan” sanksiyalarni va’da qilgandi. Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga “hujum” sodir bo‘lsa, Rossiyani “halokat” kutmoqda.