Bayden Prigojinning samolyoti halokatga uchragani haqida xabar topdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiyaning Tver viloyatida biznes-jet halokatga uchragani haqida xabar topdi. Bu haqda Oq uy ma’lum qildi. 

“Prezidentga Rossiyadagi aviahalokat haqida xabar berildi”, deyiladi xabarda. 

23 avgust kuni kechqurun Moskvadan Sankt-Peterburgga uchayotgan Embraer biznes-jeti Tver viloyatida halokatga uchradi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda 10 kishi bo‘lgan, ularning barchasi halok bo‘lgan. Federal havo transporti agentligi xabariga ko‘ra, yo‘lovchilar ro‘yxatiga “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin ham kiritilgan. Hodisa fakti bo‘yicha harakat xavfsizligi va havo transportidan foydalanish qoidalarini buzish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden Prigojin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing