Bayden Pensilvaniyada yetakchilikni qo‘lga oldi

Olam

image

Demokratlar partiyasidan AQSH Prezidentligiga nomzod Joy Bayden ovozlar soni bo‘yicha Pensilvaniya shtatida yetakchilikni qo‘lga oldi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.  

Bunday natija Allegeyni okrugida ovoz bergan saylovchilar byulletenlarini qayta sanashda qayd etilgan.

Okrug gubernatori Rich Fitsdjerald to‘qqiz mingdan ortiq ovoz hisoblanganligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, 7300 saylovchi Baydenni qo‘llab-quvvatlagan, qolganlari Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampni.

Shunday qilib, demokrat Oq uyning amaldagi rahbari bilan 27 130 ovoz bilan bo‘shliqni oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Fox News ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha Bayden 264, Tramp esa 214 saylovchining ovozini olgan. Shu bilan birga, Bayden sanoq davom etayotgan Arizonadan 11 ovoz oldi. Bundan tashqari, hozirgi paytda Jorjiya (16 saylovchi), Pensilvaniya (20 saylovchi), Shimoliy Karolina (15 saylovchi) va Nevada (6 saylovchi) shtatlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh saylov Bayden

Baholaganlar

253

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing