Bayden Oq uyga kutilmagan mebel keltirdi
Olam
−
04 fevral 2021 14049 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Jo Bayden Oq uyga belanchak olib kelgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda u "People" jurnaliga bergan intervyusida aytgan, deb yozmoqda "The Independent".
Manbaga ko‘ra, Oq uyning eng yuqori qavatida Prezidentning kenja nabirasi kichik Bo Bayden uchun kutilmagan mebellar keltirilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Baydenning o‘g‘li Xanter Bayden 2020 yilda o‘g‘il farzandli bo‘lgan.
Kenja nabiraga 2015 yilda miya saratonidan vafot etgan Oq uy rahbarining yana bir o‘g‘li Bo Baydenning ismi berilgan.
Shuningdek, Bayden sobiq rafiqasi Neliya va qizi Naomini ham 1972 yilda tuproqqa qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, Jo Bayden joriy yilning 20 yanvar kuni Oq uyga ko‘chib o‘tdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025