Bayden Netanyaxuning “kuni bitayotganiga” ishonyapti – “Politico”

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Baydenning fikricha, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning siyosiy faoliyati yakuniga yetmoqda. Bu haqda kecha, 1 noyabr kuni “Politico” gazetasi Amerika ma’muriyatidagi manbalarga tayanib ma’lum qildi. 

Nashr yozganidek, Oq uy Netanyaxuning [Bosh vazir] sifatidagi kunlari sanoqli deb hisoblaydi va u bir necha oy yoki Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotining dastlabki bosqichi tugaguniga qadar davom etadi. 

“Politico”ning yozishicha, Bayden Netanyaxu bilan shaxsiy suhbatda o‘zining Bosh vazir sifatidagi istiqbollarini muhokama qilgan va uni o‘z vorisiga qanday ssenariy taklif qilishi haqida o‘ylashga chaqirgan. Gazetaga ko‘ra, Amerika ma’muriyati vakillari Isroil sobiq bosh vaziri Naftali Bennet, muxolifat yetakchilaridan biri, sobiq mudofaa vaziri Beni Gans va parlamentdagi muxolifat yetakchisi Yair Lapid bilan muzokaralar olib bormoqda. 

Avvalroq, matbuot anjumanida Netanyaxu iste’foga chiqish ehtimoli haqidagi savolga javob berishdan qochib, endi butun e’tiborini G‘azo sektorida Falastinning HAMAS radikal harakatiga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazishga qaratganini aytgan edi. 

Binyamin Netanyaxu Isroilni eng ko‘p boshqargan Bosh vazir sanaladi. U 1996-1999 yillar va 2009-2021 yillar oralig‘ida mamlakat Bosh vaziri bo‘lgan. 2022 yilning dekabrida yana Bosh vazir kursisini egallagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden Binyamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing