Bayden NASA rahbari lavozimiga o‘zi bilan tengdosh nomzod ko‘rsatdi
Olam
−
20 mart 2021
2804AQSH Prezidenti Jo Bayden NASA rahbarligiga sobiq kongressmen Bill Nelson nomzodini taklif qildi.
"Kosmik va ilm-fan to‘g‘risidagi qonun loyihalarining aksariyatiga uning hissasi qo‘shilmoqda. Senatda u bizning kosmik dasturimizning asosiy senatori sifatida tanilgan edi", deyilgan Oq uy bayonotida.
Ma’lumot o‘rnida, NASA direktori lavozimi AQSH Senati tomonidan tasdiqlanishi kerak. Nomzod ko‘rsatilgandan keyin Senatning profil qo‘mitasi ma’qullashi kerak, so‘ng Vakillar palatasida ovoz berish jarayoni amalga oshiriladi.
78 yoshli Bill Nelson huquqshunos va siyosatchi. U kosmosga uchgan ikkinchi kongressmen hisoblanadi.
Parvoz 1986 yilda amalga oshirilgan. Hozirda Nelson NASA'ning Maslahat kengashi a’zosi hisoblanadi.
LiveBarchasi