Bayden ma’muriyati Julian Assanjdan voz kechmoqchi emas

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Wikileaks asoschisi Julian Assanjni Buyuk Britaniyadan ekstraditsiya qilishga qat’iy qaror qilgan. Bu haqda “The New York Times” nashri yozmoqda.

Gazetaning yozishicha, AQSH Adliya vazirligi Assanjni amerikaliklarga topshirmaslik to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish talabi bilan Buyuk Britaniya sudiga da’vo-murojaatini yuborgan. 

“Biz ekstraditsiya jarayonini davom ettirmoqdamiz”, deydi Adliya vazirligi rasmiy vakili Mark Raymondi.

Ma’lumot o‘rnida, Julian Assanj Afg‘oniston va Iroqda AQSH harbiylarining noqonuniy harakatlarini fosh etuvchi materiallari bilan tanilgan.

Jurnalist Assanj harbiy harakatlar paytida tinch aholining o‘ldirilishi hamda Amerikaning Guantanamo qamoqxonasidagi sharoitlar to‘g‘risida ham ma’lumot bergan.

2019 yilning apreliga qadar Assanj yetti yil Ekvadorning Londondagi elchixonasida yashirinib yurdi. So‘ngra sudga kelmaganligi sababli hamda Shvetsiya va AQSH rasmiylari talablari asosida hibsga olingan.

O‘tgan yilning 1 mayida Assanj garov puli shartlarini buzgani uchun 11 oy ikki hafta qamoq jazosiga hukm qilingan edi

Shundan so‘ng Amerika rasmiylari Wikileaks asoschisini josuslik va maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishda aybladi, buning uchun u 175 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Yanvar oyi boshida Londonning Jinoyat ishlari bo‘yicha Markaziy sudi esa Assanjni AQSH rasmiylariga topshirishdan bosh tortdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Julian Assanj Wikileaks Bayden

Baholaganlar

107

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing