London sudi Assanjni AQSHga topshirishdan bosh tortdi

Olam

image

London Markaziy jinoiy sudi sudyasi Vanessa Barayser kutilmaganda “Wikileaks” asoschisi Julian Assanjni AQSH rasmiylariga topshirishdan bosh tortdi, Amerika tomonining advokatlari apellyatsiya shikoyati berishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

2010 yilda Shvetsiyada jinsiy zo‘ravonlik va zo‘rlashda ayblangan Assanj, ekstraditsiya qilinishdan qo‘rqib, 2012 yil iyun oyidan beri Ekvadorning Londondagi elchixonasida yashiringan. 2019 yil 11 aprel kuni ertalab, u AQSHning iltimosiga binoan hibsga olingan. Ekstraditsiya bo‘yicha sud jarayoni 2019 yil 2 mayda boshlangan. Ko‘p o‘tmay, AQSH hukumati Assanjga josuslik va maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi qonunlarni buzgani uchun 17 ta qooidabuzarlik bilan yangi ayblovlar qo‘yganini e’lon qildi. Agar AQSHga topshirilsa, Assanj 175 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Amerika tomonining advokatlari avvalroq sudya AQSH rasmiylarining talabiga rad javobi bilan javob bersa, ular qaror ustidan shikoyat qilishlarini aniq aytib o‘tgan. Assanj advokatlarining fikriga ko‘ra, “Wikileaks” asoschisining ishini ko‘rib chiqish uzoq yillarga cho‘ziladi va Britaniyaning Oliy sudi yoki Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga qadar yetib borishi mumkin. Shuning uchun amaldagi hukm, aslida, jarayonning faqat dastlabki bosqichini yakunlaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning iyun oyida Assanjni AQSHga ekstraditsiya qilish harakati boshlangan edi.

O‘tgan yilning fevral oyida Julian Assanjning sudi boshlandi.

Keyinchalik Buyuk Britaniyada Assanjning AQSHga ekstraditsiya qilinishiga qarshi chiqildi.


Maqola muallifi

Teglar

Assanj

Baholaganlar

62

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing