175 yilga qamalishi ehtimoli bor Assanj yana bir jinoyatda ayblandi

Olam

image

Kecha, 24 iyun kuni AQSH Adliya vazirligi WikiLeaks asoschisi Julian Assanjga qarshi yangi ayblov xulosasini e’lon qildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu ayblov 2019 yil mayida Assanjga qo‘yilgan 18 banddan iborat avvalgi ayblov xulosasiga qo‘shimcha emas.

"Biroq, bu (yangi ayblov) Assanj ilgari ayblangan kompyuterlarni buzib kirish bilan bog‘liq jinoiy ishlar doirasini kengaytirmoqda", dedi AQSH agentligi.

Xususan, gap Assanjning Anonymous xakerlar guruhi bilan aloqalari haqida bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Julian Assanj 2010 yilda Shvetsiyada jinsiy zo‘rlash nomusga tegishda ayblangan edi. 2012 yil iyun oyidan beri u Londondagi Ekvador elchixonasi hududida yashirinib yurdi va 2019 yil aprel oyida AQSH so‘roviga binoan hibsga olindi. London sudi Assanjni garov shartlarini buzganlikda aybdor deb topdi va uni 11 oy qamoq jazosiga hukm qildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida u josuslik to‘g‘risidagi 17 ta qonunni buzganlikda, shuningdek, maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilganlikda ayblanmoqda. Agar uning aybi tan olinsa, AQSHda Assanj 175 yilga qamalishi mumkin.
 


Maqola muallifi

Teglar

Assanj

Baholaganlar

130

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing