Bayden ma’muriyati Rossiya va Xitoy tahdidini baholovchi razvedkachini tayinladi

Olam

image

Kecha, 14 yanvar kuni AQSH Prezidenti Bayden ma’muriyati Markaziy razvedka boshqarmasining Rossiya, Xitoy va boshqa raqiblar tomonidan mamlakatdagi saylovlarga ta’sir o‘tkazishga bo‘ladigan tahdidlarni tahlil qiluvchi ijrochi direktorini tayinladi.

Jeffri Vichman Milliy razvedka direktori Avril Xeyns tomonidan saylovlarga tahdid bo‘yicha ijrochi direktor etib tayinlandi. Vichman 30 yil davomida MRBda ishlagan, jumladan, kontrrazvedka va kiberxavfsizlik bo‘yicha yuqori lavozimlarda ham.

Bu tayinlov Amerika demokratiyasiga chet el aralashuvining oldini olish uchun yangi razvedka markazini yaratish borasidagi sa’y-harakatlar to‘xtab qolgan bir paytda amalga oshirildi. Mutaxassislar va razvedka xodimlari taklif etilayotgan Xorijdani bo‘ladigan zararli ta’sir markazi zarurligini ta’kidlasa-da, markazni tashkil etish taklifi markaz hajmi va byudjeti borasidagi kelishmovchiliklar tufayli to‘xtab qolgan.

Saylovlarga tahdid bo‘yicha ijrochi direktor 18 kishilik razvedka hamjamiyatida saylov xavfsizligi bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarni, jumladan kiberhujumlarni, dezinformatsion kampaniyalarni, siyosatchilar va siyosiy bahslarga ta’sir qilish sa’y-harakatlarini aniqlaydigan va to‘xtatuvchi agentlikni muvofiqlashtirish uchun javobgardir.


Maqola muallifi

Teglar

razvedka Jo Bayden

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing