Bayden Xitoyga qarshi sanksiyalar muddatini uzaytirdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 11 iyul kuni Gonkongdagi vaziyat munosabati bilan AQSHning Xitoyga qarshi sanksiyalar rejimini yana bir yilga uzaytirdi.

“Gonkongdagi vaziyat, jumladan, Xitoyning Gonkong avtonomiyasiga putur yetkazish bo‘yicha so‘nggi harakatlari AQSH milliy xavfsizligi, tashqi siyosati va iqtisodiyoti uchun o‘ta jiddiy tahdid bo‘lib qolmoqda. Shu sababli, 2020 yil 14 iyulda e’lon qilingan milliy favqulodda holat rejimi 2022 yil 14 iyuldan keyin ham davom etishi kerak. Shunga ko‘ra, men Gonkongdagi vaziyat tufayli milliy favqulodda vaziyatni bir yilga uzaytiraman”, deyiladi Baydenning Oq uy tomonidan e’lon qilingan bayonotida.

2020 yil yozida Xitoy parlamenti Gonkongda milliy xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Pekinda qayd etilishicha, u terrorizm, separatizm, davlat hokimiyatiga putur yetkazish, xorijiy kuchlar bilan til biriktirish tahdidlariga qarshi kurashishga qaratilgan va eng yuqori jazo sifatida umrbod qamoq jazosini nazarda tutadi. Oq uy ushbu qonunchilik tashabbusini Gonkongning “muxtoriyatini buzish” sifatida qabul qildi.

2020 yilning 14 iyulida AQSHning o‘sha paytdagi Prezidenti Donald Tramp Gonkongdagi vaziyat munosabati bilan XXRga nisbatan sanksiyalar joriy etish, shuningdek, XXRning ushbu maxsus ma’muriy hudud uchun Amerika savdo-iqtisodiy imtiyozlarini bekor qilish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Xitoy

Baholaganlar

136

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing