Bayden Xillari Klintonni yangi lavozimga tayinlamoqchi

Olam

image

AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden jamoasi mamlakatning sobiq davlat kotibi Xillari Klintonni AQSHning BMTdagi doimiy vakili etib tayinlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda "The Washington Post" xabar bergan. 

Manbaga ko‘ra, Bayden Klintonni BMTning doimiy vakili etib tayinlash orqali ushbu lavozimning o‘z ma’muriyatidagi ahamiyatini ta’kidlamoqchi. 

Ma’lumot uchun, Klinton 2016 yilgi prezidentlik saylovlarida Demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lgan va Trampga yutqazgan.

Bundan tashqari, Bayden saylov shtabining sobiq rahbari Stiv Richetti, Delaver shtatining sobiq senatori Ted Kaufman va milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchi Tom Donilonni katta maslahatchilar etib tayinlash haqida o‘ylamoqda. 

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga qiziqish bildirgan Demokratik partiyadan AQSH Kongressi saylov komissiyasining raisi Cheri Bustosni ushbu lavozimga tayinlash masalasi ham muhokama qilingan.

Avvalroq, AQSHning Vermont shtatidan senator Berni Sanders demokrat Jozef Baydenning ma’muriyatida Mehnat vaziri bo‘lishga tayyor ekanligini bildirgandi. 

Ma’lumot uchun, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari lavozimiga demokrat Jo Bayden va amaldagi Prezident, respublikachi Donald Tramp da’vogarlik qildi.

7 noyabr kuni Amerikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari ABC News, CNN, AP va NBC saylovlarda demokrat Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Natijalar hali rasman e’lon qilinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Xillari Klinton

Baholaganlar

237

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing