Xillari Klinton terrorchilik haqida kitob yozadi
Olam
−
24 fevral 2021
3098AQSH prezidentligiga sobiq nomzod va Davlat kotibi Xillari Klinton taniqli kanadalik yozuvchi Luiza Penni bilan hamkorlikda triller janrida kitob yozadi. Bu haqda Simon & Schuster nashriyot uyining veb-saytiga asoslanib xabar berilgan.
"State of Terror" ("Terror holati") nomli kitobni 2021 yilning 12 oktyabrida omma e’tiboriga havola etish rejalashtirilgan.
Kitobning asosiy qahramoni yaqindagina Prezident ma’muriyatida Davlat kotibi lavozimini egallagan shaxs bo‘ladi.
"Bir qator teraktlar dunyoni betartiblikka olib kelmoqda. Kotibga o‘lim fitnasini ochish uchun guruh tuzish vazifasi yuklandi. Amerika Hukumatini xavfli joyda haqiqat va kuch bilan aloqadan chiqarib yuborish uchun ehtiyotkorlik bilan rejalashtirilgan sxema", deyilgan kelajakdagi kitobning syujetini tavsiflovchi xabarda.
LiveBarchasi