Bayden Kapitoliyga hujumdan maqsad nima bo‘lganini aytdi 

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden Kapitoliyga hujumdan olti oy o‘tgach, amerikaliklarni bir-birlari bilan “umumiy manfaat yo‘lida” hamkorlik qilishga chaqirdi. Bu haqda Oq uyning rasmiy saytida xabar berilgan.  

“Bu kelishmovchilik emas edi. Bu tartibsizlik edi. Bu ekzistensial inqirozni yaratdi va bizning demokratiyamizning omon qolish-qolmasligini tekshirib ko‘rdi”, degan Bayden. 

Amerika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, oradan olti oy o‘tgandan so‘ng shuni aytish mumkinki, demokratiya haqiqatan ham g‘alaba qozondi. Baydenning so‘zlariga ko‘ra, har bir kishi AQSH demokratiyasini himoya qilishda davom etishi kerak. 

“Buning uchun odamlardan ushbu shafqatsiz hujumga sabab bo‘lgan nafrat, yolg‘on va ekstremizmga qarshi turish uchun xayrixohlik va jasorat talab etiladi. Buning uchun hammamiz — demokratlar, respublikachilar va mustaqillar umumiy manfaat yo‘lida birgalikda ishlashimiz kerak”, deb ta’kidlagan AQSHning 46-Prezidenti. 

Avvalroq, AQSH sudi joriy yilning yanvar oyida Kongress binosiga bostirib kirilganligi bo‘yicha birinchi hukmni chiqargani haqida xabar bergandik.  

Ma’lumot o‘rnida, 6 yanvar kuni Donald Trampning tarafdorlari so‘nggi saylovlar natijalari tasdiqlanishi kerak bo‘lgan uchrashuvni to‘xtatib, AQSH Kongressi binosiga bostirib kirdi. Hodisa natijasida besh kishi halok bo‘ldi, ular orasida politsiya tomonidan o‘q otilgan namoyishchi va Kapitoliy politsiyasi xodimi bor edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden Kapitoliy

Baholaganlar

76

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing