Bayden inauguratsiya marosimigacha sog‘ayadimi?

Olam

image

Rossiyalik ortoped-jarroh Vladimir Xoroshev oyog‘ini sindirib olgan AQSHning saylangan Prezidenti Jo Baydenning hozirgi ahvolini baholadi

Xoroshevning so‘zlariga ko‘ra, Baydenning reabilitatsiyasi uchun taxminan uch hafta vaqt talab etiladi. Uch haftadan keyingina Bayden qo‘ltiqtayoq orqali yura olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Shifokor, shuningdek, Baydenning yoshi uning inauguratsiya marosimigacha sog‘ayib ketishiga to‘sqinlik qilmasligini aytgan. 

Jarroh 78 yoshli siyosatchining ahvoli to‘liq tiklanishiga shubha qilmasligini ta’kidlagan. 

Avvalroq, Jo Bayden iti bilan o‘ynayotganda toyib ketib, o‘ng oyog‘i suyagini sindirib olgani haqida xabar bergan edik. 

Eslatib o‘tamiz, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Asosiy nomzodlar demokrat Jo Bayden va respublikachi Donald Tramp edi. AQSHning yetakchi ommaviy axborot vositalari saylovlarda Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Tramp esa buni tan olishni xohlamayapti. Inauguratsiya marosimi 2021 yilning 20 yanvarida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

JO BAYDEN

Baholaganlar

101

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing