Bayden muhim lavozimga osiyolik ayol nomzodini ko‘rsatadi

Olam

image

AQSHdagi prezidentlik saylovlarida g‘olibligini e’lon qilgan Jo Bayden AQSH Savdo vakili lavozimiga Vakillar palatasi metodlari va vositalari bo‘yicha qo‘mitasining savdo bo‘yicha bosh maslahatchisi Ketrin Tay nomzodini ilgari suradi

Ta’kidlanishicha, AQSH Kongressidagi demokratlar Tayning nomzodini qo‘llab-quvvatlamoqda. Ularning fikricha, Tay nafaqat xitoy tilini yaxshi biladi, balki muzokara olib borish tajribasiga ham ega. Bundan tashqari, Tay yetti yil davomida AQSH Savdo vakolatxonasida yurist bo‘lib ishlagan va Xitoy bilan savdo shartnomalari masalasida faoliyat olib borgan. 

Qayd etilishicha, agar Tay nomzodi ma’qullansa, u kelib chiqishi osiyolik bo‘lgan amerikalik sifatida bu lavozimga kirishadigan ilk "rangli ayol" bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, AQSHda Prezident saylovi joriy yilning 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. G‘olib hali rasman e’lon qilinmagan. AQSH yetakchi ommaviy axborot vositalarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Jo Bayden saylovda g‘olib chiqqan. Uning o‘zi ham Prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

JO BAYDEN KETRIN TAY

Baholaganlar

318

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing