Bayden juftligi ularga bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirdi

Olam

image

AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden va uning rafiqasi Jill koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashayotgan barcha amerikaliklarga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda CNN xabar bergan. 

Ular amerikaliklarni kecha, 26 noyabrda nishonlangan "Shukronalik kuni" bilan tabriklashgan. 

"Biz uzoq vaqt ishlagan va o‘zlarini oilalaridan yakkalagan shifokorlarga minnatdorchilik bildiramiz. Biz deyarli bir zumda masofadan o‘qitishga moslasha olgan o‘qituvchilardan minnatdor bo‘lishimiz kerak", degan Jo va Jill Bayden.

Shuningdek, ular joriy yil davomida koronavirusga qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni o‘rganib chiqqan va hozirda vaksina yaratish ustida ish olib borayotgan olimlarga o‘z tashakkurlarini izhor etganlar. 

Bundan tashqari, Bayden juftligi kelajakda AQSH Prezidenti va birinchi xonimi bo‘lishlari uchun ularga bildirilgan ishonchga minnatdorlik bildirishgan. 

Ma’lumot uchun, “Shukronalik kuni” AQSHda noyabr oyining to‘rtinchi payshanbasida nishonlanadi. 

Avvalroq, AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp agar Saylovchilar kollegiyasi demokratlardan nomzod Jo Baydenga ovoz bersa, iste’foga chiqishga va’da bergani haqida xabar bergandik.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. AQSH Prezidenti nomini e’lon qiladigan Saylovchilar kollegiyasi yig‘ilishi 14 dekabr kuni o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

JO BAYDEN

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing