Bayden Prezidentligining dastlabki 100 kunida nimalar qilmoqchi?

Olam

image

AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden Prezidentlikka kirishganidan so‘ng ishni nimalardan boshlashini ma’lum qildi. Bu haqda NBC xabar bergan. 

Bayden o‘zining rahbarligidagi dastlabki 100 kunni migratsiya islohoti va koronavirusga qarshi kurashga bag‘ishlashni rejalashtirgan. 

"Men Senatga muhojirlar to‘g‘risidagi qonunni yuboraman, bu 11 million hujjatsiz odamlarga fuqarolikni qabul qilish "eshigini ochadi", degan Jo Bayden. 

Shuningdek, Bayden AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning ba’zi farmonlarini iqlim va inson salomatligiga zarar yetkazgan deb hisoblaydi. U Trampning bir qator shu kabi ishlarini ham bekor qilishini aytgan. 

Ulardan biri metan haqidagi qaror bo‘lishini ma’lum qilgan Bayden aynan qaysi qarorlarni bekor qilishini ochiqlamagan. 

Avvalroq, Bayden uning hukmronligi mamlakatning sobiq Prezidenti Barak Obamaning “uchinchi davri” bo‘lmasligiga ishontirgani aytilgandi

Eslatib o‘tamiz, Tramp o‘z ma’muriyati va shtabiga hokimiyatni saylangan Prezident Jo Baydenga topshirish jarayonini boshlashga ko‘rsatma bergan.


Maqola muallifi

Teglar

JO BAYDEN

Baholaganlar

198

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing