Bayden g‘olib. Dunyo yetakchilari tabrik yo‘llashni boshlab yubordi

Olam

image

AQSH ommaviy axborot vositalari Demokratik partiyadan nomzod Jo Baydenni AQSHning yangi prezidenti deb e’lon qildi va ovozlarni hisoblash davom etmoqda. 
Shu munosabat bilan xorijiy siyosatchilar va davlat rahbarlari Jo Baydenni g‘alaba bilan tabriklashni boshlab yuborishdi.

Birinchilardan bo‘lib Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo tabri yo‘lladi. “Jo Bayden va Kamala Xarrisni tabriklayman. Mamlakatlarimiz yaqin do‘stlar, sheriklar va ittifoqdoshlardir. Bizning munosabatlarimiz dunyo miqyosida noyobdir. Birgalikda ishlashni va bu munosabatlarni rivojlantirishni kutyapman”, deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.

Fransiya Prezidenti Emmanyuel Makron ham o‘z tabriklarini Twitter orqali bildirdi. “Amerikaliklar o‘zlarining Prezidentini tanladi. Jo Bayden va Kamala Xarrisni tabriklayman. Bugungi qiyinchiliklarni yengish uchun bizda ko‘p ishlar qilish kerak. Keling, birgalikda ishlaylik!”, deb yozdi u.

Baydenning g‘alabasi munosabati bilan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatlar o‘rtasida samarali hamkorlik qilishiga umid bildirdi. “Janob Jo Baydenni AQSH Prezidenti etib saylangani bilan samimiy tabriklayman. Mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro manfaatli sohalarda samarali hamkorlik qilishlarini kutmoqdaman ", deb yozdi To‘qayev Twitter’da.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Bayden va Xarrisning g‘alabasini tarixiy deb atadi va kelgusida iqlim, savdo va xavfsizlik bo‘yicha birgalikdagi ishlarga umid bildirdi.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Shimoliy Amerika va Yevropa o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash uchun "saylangan prezident Bayden, vitse-prezident Kamala Xarris va yangi ma’muriyat bilan juda yaqin hamkorlikni kutayotganini", aytdi.

London meri Sodiq Xon Bayden va Xarrisning g‘alabasi munosib ekanligini aytib, "devorlar emas, balki ko‘priklar qurishga qaytish vaqti keldi", deb yozdi.

Bundan tashqari, Fidji Bosh vaziri Frenk Mbainimarama, Moldova sobiq Bosh vaziri Vlad Filat, Belgiya Bosh vaziri Aleksandr De Kroo, Germaniya kansleri Angela Merkel nomidan uning matbuot kotibi Shteffen Zaybert, Gruziya hukumati rahbari Georgiy Gaxariya, Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison, Abu-Dabi shahzodasi Muhammad bin Zeyd Al Nohayon, Iordaniya qiroli Abdulla II, Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis, AQSHning 42-Prezidenti Bill Klinton, AQSHning sobiq davlat kotibi Xillari Klinton va AQSHning 44-Prezidenti Barak Obama Jo Baydenning g‘alabasi munosabati bilan o‘z fikrlarini bildirib, tabrik yo‘llashgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Bayden

Baholaganlar

480

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing