Bayden G7 bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni gaplashmoqchi 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden yaqin orada “Katta yettilik” (G7) yetakchilari bilan Rossiyaga qarshi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan sanksiyalarni muhokama qilishini e’lon qildi. 

“Qo‘shimcha sanksiyalarga kelsak, biz har doim qo‘shimcha sanksiyalarga tayyormiz. Men maslahatlashyapman, bu hafta G7 a’zolari bilan nima qilishimiz va nima qilmasligimiz haqida gaplashaman”, degan Bayden Oq uyda jurnalistlarga. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi bosqichini kamida joriy yilning 9 mayigacha yakunlashni rejalashtirmoqda. Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi — oltinchi sanksiyalar paketi doirasida Rossiya neftining Yevropa Ittifoqiga barcha importlarini bosqichma-bosqich taqiqlash taklif etilgan. 

G‘arb matbuotidagi xabarlarga ko‘ra, kecha, 4 may kuni Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning doimiy vakillari sanksiyalarning oltinchi paketi bo‘yicha kelishuvga erisholmagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

140

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing