Bayden dunyoni yana bir pandemiya kutayotganini aytdi
Olam
−
15 dekabr 2022 10278 1 daqiqa
Xalqaro hamjamiyat yana bir pandemiyaga duch keladi. Bunga ishonchni kecha, 14 dekabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden 13-15 dekabr kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan AQSH-Afrika sammitida so‘zlagan nutqida bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Afrikaning 49 davlatiga 231 million doza vaksina yetkazib bergan va bu qit’ada dori ishlab chiqarishga sarmoya kiritgan.
“Biz COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashar ekanmiz, sog‘liqni saqlash muammolariga, shu jumladan, yangi pandemiyaga qarshi kurashishga eng yaxshi tayyor ekanligimizga ishonch hosil qilish uchun sog‘liqni saqlash tizimini, institutlarini va universal tibbiy qamrovga qaratilgan sa’y-harakatlarni qurishda davom etamiz”, deydi prezident.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025